Senatorlar aholini qiynayotgan muammolarni ko‘tarishda davom etib, Senatning 48-yalpi majlisida Toshkent shahri yo‘llaridagi yer usti piyodalar o‘tish joylaridan (ko‘priklar)da lift va eskalatorlar ishlamasligi tufayli piyodalar, ayniqsa keksalar, homiladorlar, yosh bolalilar hamda nogironligi bo‘lgan shaxslar turli qiyinchiliklarga duch kelayotganiga to‘xtaldi.
Xususan, Muqimiy («Novza» metro bekati), Abdulla Qodiriy ko‘chalaridagi ko‘priklarda lift va eskalatorlar ishlamasligini, Muqimiy va Lutfiy ko‘chalari kesishmasidagi 2 ta ko‘prik va Shota Rustaveli ko‘chasidagi ko‘prikda lift yoki eskalatorning o‘zi yo‘qligi alohida ta’kidlandi.
Mazkur masala yuzasidan Toshkent shahar hokimligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi vakillarining izohlari eshitildi.
Ko‘priklar aholiga qulaylik yaratish uchun qurilganligi inobatga olinib, ushbu muammolarni hal etish yuzasidan Toshkent shahar hokimligi va boshqa tegishli tashkilotlarga vazifalar yuklandi.
Muhokamalar davomida ushbu masala Senatning Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi nazorati ostida bo‘lishi alohida ta’kidlandi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!