O‘zbekiston

O‘zbekiston 63 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan

O‘zbekiston 63 ta davlatga to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston 2023 yilning yanvar-noyabr oylarida qiymati 2,8 mlrd AQSH dollarilik to‘qimachilik mahsulotlarini eksport qilgan.

Bu ko‘rsatkich umumiy eksportning 12,1 % ini tashkil etgan.

Eksport qilingan to‘qimachilik mahsulotlari tarkibida tayyor to‘qimachilik mahsulotlari (41,3 %), kalava-ip (40,7 %) asosiy ulushni egallagan.

Yil boshidan 626 turdagi to‘qimachilik mahsulotlari dunyoning 63 ta davlatiga eksport qilingan. Natijada, to‘qimachilik mahsulotlari eksporti hajmi o‘tgan yilga nisbatan sezilarli darajada oshgan.

To‘qimachilik mahsulotlari tarkibida:

— Tayyor to‘qimachilik mahsulotlari – 1,2 mlrd;

— Kalava-ip – 1,1 mlrd;

— Trikotaj mato – 284,8 mln;

— Gazlamalar – 164,8 mln;

— Paypoq mahsulotlari – 56,9 mln.