Yevropa Komissiyasi prezidenti Ursula fon der Leyen 2024-yilni demokratiya uchun muhim yil deb hisobladi. Uning so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “TASS”.
Yevropa Komissiyasi rahbari bu yil Yevroparlamentga saylovlar va AQShda prezidentlik saylovlari bo‘lishini eslatdi. Fon der Leyenning so’zlariga ko’ra, Yevropa Komissiyasi «ochiq, erkin demokratiyalar g’alaba qozonishini ta’minlash uchun hamma narsani qiladi».
Bundestagdagi Xristian-ijtimoiy ittifoq (XSU) davlat guruhi konferensiyasida so’zlagan nutqida u Yevropa Ittifoqini mudofaa qobiliyatini mustahkamlashga chaqirdi va Yevropa mudofaani asosiy ustuvor yo’nalishga aylantirishi kerakligini ta’kidladi.
Avvalroq amerikalik milliarder va tadbirkor, SpaceX va Tesla asoschisi Ilon Mask kelayotgan 2024-yil avvalgilaridan ham yomonroq bo‘lishini aytgan edi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!