AOKAda oʻtkazilgan brifingda Din ishlari boʻyicha qoʻmita axborot xizmati rahbari Ilhom Maʼrupov bugungi kunda respublika boʻyicha 2 131 ta masjid faoliyat yuritayotganini maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, 2023-yilda 13 ta yangi masjid davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan, 82 ta masjidda tubdan qayta qurish hamda 43 ta masjidda taʼmirlash ishlari yakunlangan.
“Ayni paytda respublikamizda 197 ta noislomiy diniy tashkilot faoliyat yuritmoqda. 2023-yilda Angren shahrida katolik cherkovi davlat roʻyxatidan oʻtkazildi. Konfessiyalar vakillarining 50 dan ortiq respublika va xalqaro tadbirlarda ishtiroki taʼminlandi. Shuningdek, ularga 14 ta diniy bayramlarini oʻtkazishda amaliy yordam koʻrsatildi”, — deydi Ilhom Maʼrupov.
Qoʻshimcha qilinishicha, oʻtgan yili oʻzbekistonliklarning 15 ming 150 nafari haj, 43 mingdan ortiq ziyoratchi umra amalini ado etgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!