Yangiliklar

Andijon, Urganch va Jondorda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Andijon, Urganch va Jondorda valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi tomonidan IIB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan A.X., M.K. va M.K. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 4000 AQSH dollarini fuqaro J.Z.ga 49,8 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlangan. 

Xuddi shunday, Departamentning Urganch shahar boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan D.B. jami 3 000 AQSH dollarini  fuqaro S.M.dan plastik karta orqali 37,1 mln soʻmga sotib olgan vaqtida ayoviy dallilar bilan ushlangan. 

Shu kabi, Departamentining Jondor tumani boʻlimi tomonidan IIB xodimlari hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda valyuta ayirboshlash bilan shugʻullanib kelgan Q.J. (muqaddam JKning 177-moddasi bilan sudlangan) jami 2 800 AQSH dollarini fuqaro E.Z.ga 34,8 mln soʻmga sotgan vaqtida ushlanib, uning yonidan 4 605 AQSH dollari, 10 000 Rossiya rubli va 29,6 mln soʻm ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki oʻtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.