Olmaota shahrida joriy yilning 2-fevral kuni har yili anʼanaviy oʻtkazib kelinayotgan “Digital Almaty 2024: X industriyasi” forumi boʻlib oʻtdi.
Ishchi tashrif bilan Qozogʻiston Respublikasida boʻlib turgan Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi vakillari ushbu forumda ishtirok etdi.
Forumda, shuningdek, Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisi M.Mishustin, Belarus Respublikasi Bosh vaziri R.Golovchenko, Qozogʻiston Respublikasi Bosh vaziri A.Smailov, Qirgʻiz Respublikasi Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi oʻrinbosari A.Kasimaliyev qatnashdi.
Oʻzbekiston tomoni sunʼiy intellekt sohasida texnologiyalar va bilim almashish uchun mintaqaviy ekspert platformasini yaratishni taklif etdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!