Yangiliklar

Poytaxtda maktab oʻquvchisiga kuch ishlatgani aniqlangan PPX xodimlari jazolandi

Poytaxtda maktab oʻquvchisiga kuch ishlatgani aniqlangan PPX xodimlari jazolandi

Ijtimoiy tarmoqlarda IIB xodimlari yosh bolani mashinaga majburan tiqib olib ketishi aks etgan video tarqaldi. 1-fevral kuni tasvirdagi bolaning onasi Bolalar ombudsmaniga murojaat qildi.

Aniqlanishicha, 2023-yil 22-dekabr kuni Chilonzor tumani Chilonzor-3 mavzesida IIO xodimlari Sh.M. va A.O. 2011-yilda tugʻilgan K.P. da pirotexnika vositalari borligini aniqlab, bolani xizmat mashinasiga kuch ishlatib, majburan oʻtqazishga uringan holda unga nisbatan qoʻpol va nomaqbul munosabatda boʻlgan. Buning oqibatida bola bosh sohasidan lat yegan va qattiq emotsional qoʻrqish holatiga tushgan.

Ichki ishlar xodimlariga nisbatan mazkur holat yuzasidan xizmat tekshiruvi oʻtkazilib, Sh.M. va A.O. larning harakatlarida voyaga yetmagan K.P. ga nisbatan qoʻpol munosabatda boʻlish hamda IIV Kasb madaniyati kodeksini buzish holatlari yuzasidan hayfsan intizomiy jazosi qoʻllanilgan.

“Hozirda Bolalar ombudsmani soʻroviga koʻra, Toshkent shahar prokuraturasi mazkur holatga huquqiy baho berish masalasini oʻrganmoqda. Bu borada qoʻshimcha maʼlumot beriladi”, – deyiladi xabarda.