Yangiliklar

Tadbirkorga 900 mln soʻmlik qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Tadbirkorga 900 mln soʻmlik qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi

Tadbirkorga 900 mln soʻmlik qurilish obyektini olib berishni vaʼda qilgan shaxs ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, oʻtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro I.R. “N.Q.” MCHJ rahbari A.N.ning ishonchiga kirib, unga 72 mln soʻm evaziga yuqori lavozimlarda ishlovchi tanishlari yodamida Nukus shahri hududidan 900 mln soʻmlik qurilish obyektini olib berishini aytib, oldindan 20 mln soʻmni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.