Yangiliklar

Toshkentda avtobus haydovchisi yoʻlovchilar transportga chiqib boʻlmasidan eshiklarni yopib yubordi. Yoʻlovchilar jarohatlandi, haydovchi ishdan boʻshatildi

Toshkentda avtobus haydovchisi yoʻlovchilar transportga chiqib boʻlmasidan eshiklarni yopib yubordi. Yoʻlovchilar jarohatlandi, haydovchi ishdan boʻshatildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahridagi 52-sonli avtobus haydovchisi transportni qoʻpol ravishda boshqarishi oqibatida yoʻlovchi ayol va uning qizi tan jarohati olganligi haqida xabar tarqaldi. Mazkur holat yuzasidan “Toshshahartransxizmat” AJ matbuot xizmati munosabat bildirdi. 

1-avtobus saroyi filialiga biriktirilgan, saroy raqami 172-boʻlgan 52-sonli avtobus haydovchisi A.A. yoʻlovchi tashish qoidalarini buzib, oʻziga biriktirilgan avtobusni ehtiyotsizlik bilan boshqargan. Haydovchi yoʻlovchilar avtobusga chiqib boʻlmasidan avtobus eshiklarini yopishi oqibatida 2 nafar yoʻlovchi tan jarohati olgan. Oʻzining xizmat vazifasini suisteʼmol qilganligi uchun haydovchi A.A. bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilindi.

“Shuningdek, barcha haydovchilar bilan yoʻlovchilarni xavfsiz tashish va ularni oʻz manzilariga sogʻ-omon yetkazib qoʻyish eng oliy maqsadimiz ekanligi, yoʻlovchilar bilan xushmuomalada boʻlishlik, xizmat koʻrsatish madaniyatini oshirish yuzasidan yana bir bor tushuntirish ishlari olib borilib, haydovchilar ustidan nazorat kuchaytirildi”, – deyiladi xabarda.