Yangiliklar

Xorijga ishga yuborishni vaʼda qilib, pul olgan shaxslar ushlandi

Xorijga ishga yuborishni vaʼda qilib, pul olgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulungʻur tuman boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.S. 7 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 13 800 AQSH dollari, 510 YEVRO va 6,8 mln soʻmini firibgarlik yoʻli bilan qoʻlga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 900 AQSH dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.