Toshkent shahar Yakkasaroy tumanining ayrim hududlariga 2-fevral kuni soat 11:00 dan 18:00 ga qadar tabiiy gaz yetkazib berish vaqtincha toʻxtatiladi. Bu haqda “Hududgaz Poytaxt” matbuot xizmati xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, gaz yetkazib berish toʻxtatiladigan hududlar:
- Aholi isteʼmolchilari: “Yakkasaroy” MFY Sh.Rustaveli, Suqroq va KXAY koʻchalaridagi 340 ta xonadon.
- S.Nasafiy 2-tor koʻchasidagi 12 ta xonadon
- Ulgurji isteʼmolchilar soni – 15 ta
Taʼmirlash ishlari tugatilgandan soʻng, tabiiy gaz taʼminoti qayta tiklanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!