Yangiliklar

AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi

AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi
Foto: UzReport

Bugun 3-mart kuni erta tongda AQSHga noqonuniy yoʻllar bilan ketgan 74 nafar oʻzbekistonlik Vatanga qaytarildi. Bu haqda UzReport xabar berdi. 

Maʼlum qilinishicha, ularning koʻpchiligi Meksika orqali Amerikaga oʻtgan. Shuningdek, bir qancha boshqa davlatlar orqali borgan fuqarolar ham bor. Ular AQSH hududiga kirgunicha turli qiyinchiliklarga duch kelishgan.

Foto: UzReport

Ana shunday yoʻllar bilan AQSHga borgan oʻzbekistonlik oʻz boshidan oʻtgan qiyinchiliklarini soʻzlab berdi:

“Bagajimni yoʻqotib, toʻsatdan Madridga uchganman. Ushbu shaharda bilet yoʻqolib qolib, 14 kun davomida 400 ta oʻzbek Madrida ”xor boʻlgan“. Shu yerdan Turkiyaga deport qilinganmiz. Keyinchalik Guatemalaga bordik va yana harakat qilib koʻrdik. 2-marta chegaradan qaytarilib, immigratsion joyda 2 sutka yotganman. Venesuela fuqarolari bilan ”peshkom“ 3 kun yurganmiz. U yerda ham qochdik, yurdik, oʻliklarni ham hamma narsani koʻrdik. Maslahat bermayman, Amerika shunchaki reklama.

10 ming AQSH dollariga yaqin pulim ketdi. Iyulda uyimdan chiqqan boʻlsam, avgust oyida men ushbu davlatga yetib bordim. Lekin ishlay olmadim. Pul sarflab, sarflab qaytdik. Bormoqchi boʻlganlarga maslahatim bormanglar. Bu shunchaki reklama. Kasallik orttirib qaytasiz. Hammasi yolgʻon”, – deya taʼkidladi vatandoshlardan biri.