Yangiliklar

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi 18 yoshli yigitni oʻldirib qoʻydi

Toshkent viloyatida 9-sinf oʻquvchisi 18 yoshli yigitni oʻldirib qoʻydi

20-mart kuni soat tungi 23:30 lar atrofida Toshkent viloyati, Angren shahrida yashovchi, umumtaʼlim maktabining 9-sinf oʻquvchisi (2008-yilda tugʻilgan) M. D. 2006-yilda tugʻilgan O. A. bilan oʻzaro kelishmovchilik natijasida janjallashgan. Bu haqda Toshkent viloyati maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi matbuot xizmati xabar berdi.

O. A. ushbu janjal natijasida olgan tan jarohatlari oqibatida sogʻligʻi yomonlashib vafot etgan.

Ayni vaqtda mazkur holat yuzasidan JKning 104-moddasi 3-qismi “d” bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan hamda surishtiruv ishlari olib borilmoqda.