Yangiliklar

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Toshkentda qalbaki dollar sotayotgan shaxslar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan DXX hamda IIBB xodimlari bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda fuqarolar A.R., I.I. va boshqalar Yashnobod tumani hududida jami 18 800 qalbaki AQSH dollarini fuqaro A.Q.ga 141 mln soʻmga sotgan vaqtlarida ushlanib, ulardan jami 283 dona 100 AQSH dollarlik qalbaki kupyuralari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 176-moddasi (qalbaki pul, aksiz markasi yoki qimmatli qogʻozlar yasash, ularni oʻtkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.