Yangiliklar

Ikki hududda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Ikki hududda kredit mablagʻlarini oʻzlashtirgan MCHJ rahbarlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Gʻallaorol tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “S.Eʻ.” MCHJ rahbari Z.E. va boshqalar ushbu MCHJ va yakka tartibdagi tadbirkorlar D.N. va R.E.ga ajratilgan jami 1,8 mlrd soʻm kredit mablagʻlari evaziga xarid qilingan avtomobil ehtiyot qismlari sotuvidan tushgan pullarni kredit qarzdorligini soʻndirishga yoʻnaltirmasdan, kredit mablagʻlarini oʻzlashtirish yoʻli bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Qoʻrgʻontepa tuman boʻlim tomonidan oʻtkazilgan tergovga qadar tekshiruvda “O.V.” MCHJ rahbari U.M. va boshqalar oʻzaro til biriktirib, MCHJga tijorat banki filialidan ajratilgan imtiyozli kredit mablagʻlari evaziga “A.I.” MCHJdan shartnomada koʻrsatilgan avtomaktab tashkil qilish uchun jihozlarni olib kelinganligi haqida soxta hujjatlarni rasmiylashtirib, 650 mln soʻm kredit mablagʻlarini oʻzlashtirib olganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.