Yangiliklar

Buxoroda sogʻlom boʻlsa ham ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Buxoroda sogʻlom boʻlsa ham ruhiy kasalliklar dispanserida qolayotgan 15 yoshli qiz uyiga qaytarildi

Bolalar ombudsmaniga Buxoro viloyati Ruhiy-asab kasalliklari dispanseri maʼmuriyatidan murojaat kelib tushdi.

Murojaatda 2009-yilda tugʻilgan M.Ya. (qiz bola) ruhiy-asab kasalliklar dispanseriga joylashtirilgani, lekin bugungi kunda u faol davolanishga muhtoj emasligi, hozirda M.Ya. dan hech kim xabar olmasligi, onasi bilan telefon orqali gaplashilganda u qizini olib ketolmasligi bayon qilingan.

Bolalar ombudsmani voyaga yetmagan M.Ya. oilasining ijtimoiy vaziyati baholanishi va uning shifoxonadan chiqarilib, sogʻlom hayotga moslashuvi yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligiga soʻrov yubordi.

Agentlik tomonidan mazkur holat atroflicha oʻrganildi.

Jumladan, Agentlikning Buxoro viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan voyaga yetmagan M.Ya. ning oilasi ijtimoiy vaziyati oʻrganilib, uning onasi bilan uchrashildi va tushuntirish ishlari olib borildi. Natijada, farzandi M.Ya. joriy yilning 19-mart kuni Buxoro viloyati ruhiy-asab kasalliklari dispanseridan chiqarilib, yashash manziliga olib ketildi.

Bundan tashqari, M.Ya. hozirda oʻqishini Buxoro shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta maktabda davom ettira boshladi.