Milliy gvardiya «Qoʻriqlash» bosh boshqarmasi va uning hududiy boʻlinmalari xodimlari tomonidan «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasidagi ishlar jadal bilan olib borilmoqda
Xabaringiz bor, respublikamiz boʻylab “Yashil makon” loyihasining bahorgi mavsumiga start berilib, mahallalar, koʻp qavatli uylar hamda markaziy koʻchalar atrofiga turli koʻchatlar ekilmoqda hamda ularning parvarishi taʼminlanmoqda.
Jumladan, Milliy gvardiya masʼullari tomonidan ham “Yangi Oʻzbekiston – yashil makonda birga yashaylik!” shiori ostida belgilangan hududlarda ushbu jarayon uzluksiz tashkil etilib, belgilangan hududlarda tut, gilos, kashtan, akatsiya, chinor singari mevali va manzarali daraxtlar nihollari, shuningdek, suvsizlikka chidamli, iqlimga mos boʻlgan qayragʻoch, bodom kabi koʻchatlarni ekish ishlari jadal olib borilmoqda.
Ushbu saʼy-harakatlardan koʻzlangan asosiy maqsad, xalqimizga xos ezgu fazilatlarni qadrlash, ezgulikni yoshlar qalbiga singdirish, koʻcha va mahallalarini yanada koʻrkam koʻrinishga keltirish, tabiatda yashillikni koʻpaytirish, ob-havoning tozaligi, iqlim mo‘tadilligini saqlashga hissa qoʻshishdir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!