Yangiliklar

Toshkent shahri planetariysiga taʼmirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd soʻm ajratildi

Toshkent shahri planetariysiga taʼmirlash va boshqa xarajatlar uchun 1,4 mlrd soʻm ajratildi

Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqovning qarori bilan Toshkent shahri planetariysiga 1 mlrd 449 mln 800 ming soʻm ajratildi.

Mablagʻ maketlar sotib olish, joriy taʼmirlash hamda yongʻin xavfsizligi tizimini yoʻlga qoʻyish va kirish qismiga “Planetariy” soʻzini dekorativ tarzda oʻrnatish uchun sarflanishi rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Toshkent shahri kengashi qarori prezidentning “2022−2026-yillarga moʻllallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida”gi farmoniga asosan qabul qilingani aytiladi. Hokim qarori ham mazkur farmonga asosan va shahar xalq deputatlari kengashining yuqoridagi qarori ijrosini taʼminlash maqsadida qabul qilingan.