Qayd etilishicha, “Gazprom”ning Yevropaga yetkazib berish hajmi urushdan oldingi darajadan besh baravar kamaydi. Yevropa Ittifoqida isitish mavsumi 31-mart kuni yakunlandi.
Bir yil avval Rossiya gazining to‘xtatilishidan xavotirda bo’lgan yevropaliklar undan foydalanishni keskin qisqartirgan edi. Gaz tanqisligini yengishda qish faslining ikki marta issiq kelishi va ta’minot tizimini tubdan qayta qurish yordam berdi.
Yevropaga gaz hozir beshta quvurdan faqat ikkitasi orqali chiqariladi. Shu bilan birga, fevral oyida Avstriya energetika vaziri Leonor Gevessler mamlakat “Gazprom” bilan shartnomani bekor qilish imkoniyatini ko‘rib chiqayotganini aytgandi.
Energetika inqirozining eng keskin davridan beri Yevropa Ittifoqida gaz narxi qariyb 14 barobar arzonlashdi. 2022-yil avgustida eng yuqori cho‘qqisida 340 yevro/MVt/soatdan oshgan Dutch TTF fyuchers narxi (1000 kub metr uchun 3600 dollardan ortiq) joriy yilning fevral oyi boshidan buyon 25 yevro (285 dollar) atrofida o‘zgarib turdi.