O‘zbekiston Prezidenti Xitoyning yetakchi kompaniyalari rahbarlarini qabul qildi.
“CAMCE” korporatsiyasi raisi Van Bo bilan Toshkent shahrida Olimpiya shaharchasi qurilishi hamda energetika, sanoat va infratuzilma sohalaridagi loyihalar portfelini kengaytirish masalalari muhokama qilindi.
“Goldwind” Sao Chjigan bilan kompaniyaning O‘zbekistonda “yashil” energetikani rivojlantirishdagi ishtiroki istiqbollari ko‘rib chiqildi. Shamol elektr stansiyalari qismlarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish va joriy loyihalarni jadallashtirishga kelishib olindi.
“China Southern Power Grid” bilan Buxoro viloyatida shamol elektr stansiyalari, butun mamlakat bo‘ylab gidroakkumulyatsiya stansiyalari va yuqori kuchlanishli liniyalar qurish loyihalari muhokama qilindi.
Yakunda Toshkent viloyatida texnopark qurish va unga Xitoyning yirik kompaniyalarini jalb qilish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!