Rossiya harbiy kemalari va samolyotlari harbiy mashg‘ulotlar uchun Karib dengiziga yo‘l oldi va yaqin kunlarda u yerga yetib kelishi mumkin, deya xabar bermoqda Associated Press AQSH rasmiylariga tayanib.
Rossiya kemalari Venesuela va Kuba portlariga kirishi mumkinligi taxmin qilinmoqda.
«Rejalashtirilgan mashg‘ulotlar AQSH tomonidan Ukrainaning qo‘llab-quvvatlanishi kuchayib borayotganiga Rossiyaning keng ko‘lamli javobining bir qismidir. Shu bilan birga, bu Putinning Ukraina armiyasining zarbalari natijasida bir nechta kemalari yo‘q qilinganidan keyin ham Rossiya harbiy-dengiz kuchlari o‘z qudratini global miqyosda ko‘rsatishga qodirligini namoyish qilishga urinishidir», — agentlik manbalaridan dedi ismini oshkor qilmaslik sharti bilan.
«2024-yilning 12-iyunidan 17-iyuniga qadar Rossiya harbiy-dengiz kuchlarining to‘rtta kemadan iborat kemalar guruhi Gavana portiga kirib keladi. Kemalarning hech birida yadro quroli yo‘q, shuning uchun ularning mamlakatimizda bo‘lishi mintaqa uchun xavf tug‘dirmaydi», — deyiladi Kuba inqilobiy qurolli kuchlari bayonotida.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!