Navoiy viloyatida sodir bo‘lgan dahshatli YTH oqibatida 6 kishi halok bo‘ldi.
Hodisa kecha, 9-iyun kuni soat 15:00 lar atrofida Nurota tumaniga kiraverishdagi Dehibaland qishlog‘i hududidan o‘tgan «Navbahor-Nurota» yo‘lida sodir bo‘lgan. Ushbu yo‘lda harakatlanib borayotgan Gentra rusumli transport vositasi haydovchisi o‘zi bilan bir yo‘nalishda ketayotgan Damas mashinasini quvib o‘tmoqchi bo‘lgan vaqtida qarama-qarshi tomondan kelayotgan Onix bilan to‘qnashgan.
Oqibatda Onix avtomobili salonida bo‘lgan bir oilaning 5 nafar a’zosi: 36 yoshli erkak, uning 58 yoshli onasi, turmush o‘rtog‘i, 2 yoshli o‘g‘li hamda 2 oylik qizi, shuningdek, Gentra haydovchisi vafot etgan. YTH qurbonlarining ikki nafari voqea joyida, 4 nafari esa shifoxonada vafot etgan.
Ma’lum qilinishicha, hozirda holat yuzasidan dastlabki surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!