Hodisa

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Toshkentda 4 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi

Kecha, 17-iyun kuni soat 03:00 larda Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida 4 ta avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi qayd etilgan. Haydovchilardan biri jarohat oldi.

Poytaxtning Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasida YTH sodir bo‘ldi. Toshkent shahar IIBB YHXB holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Haydovchilar, 1998-yilda tug‘ilgan U.B. boshqaruvida bo‘lgan MENLO rusumli avtomashina, 1999-yilda tug‘ilgan M.A. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2106” rusumli avtomashina, 1992-yilda tug‘ilgan M.R. boshqaruvida bo‘lgan “VAZ-2107” rusumli avtomashina va 1990-yilda tug‘ilgan B.R. boshqaruvida bo‘lgan Nexia-2 rusumli avtomashina ishtirokida yo‘l transport hodisasi kuzatildi.

YTH oqibatida MENLO rusumli avtomashina haydovchisi tan jarohati olgan.

Holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.