Jamiyat

Angrenda avtomashinani tezlashtirib o‘zi va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ygan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi

Angrenda avtomashinani tezlashtirib o‘zi va boshqalar hayotini xavf ostiga qo‘ygan haydovchiga nisbatan chora ko‘rildi

Ijtimoiy tarmoqlarda Madina Shamsutdinova ismli ayol Instagram’dagi sahifasida Angren shahridagi Gurum mahallasi ko‘chalarida “Equinox” rusumli avtomashinani soatiga 157 kilometr tezlikda boshqarib, videoni Instagram’dagi sahifasiga joylagani haqida xabar tarqalgan edi.

Video ostidagi izohlarda Instagram foydalanuvchilari ayolga tanbeh berib, bolalar katta tezlikda kelayotgan mashinalar tufayli o‘layotganini yozganlarida, u “Bu bolalarning taqdiri onalarining qornida yozilgan”, deb javob qaytargan.

Bu xabar tarqalgach, ko’p o’tmay, ayol o’z sahifasidan uning tezlikni oshirgani va telefonidan foydalangani aks etgan videolarni o’chirib tashladi.

“Equinox”ni boshqargan ayol juda katta tezlikda kelgani aniqlangan. Unga nisbatan “Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida”gi qonunning tegishli moddalari bilan ma’muriy bayonnoma tuzildi.

Ayol YHXB Telegram ilovasidagi kanaliga joylagan videoda aholi gavjum joylarda soatiga 157 kilometr tezlikda mashina haydash mumkin emasligini bilmasligini aytdi.