Jahon

Erdo’g’an futbol o’yini uchun Shushaga tashrifini bekor qildi va Berlinga yo’l oldi

Erdo’g’an futbol o’yini uchun Shushaga tashrifini bekor qildi va Berlinga yo’l oldi

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Germaniya poytaxti Berlinga keldi. Yevropa chempionati chorak finalida Gollandiyaga qarshi o‘yinda Turkiya terma jamoasini maydondan qo‘llab-quvvatladi.

Erdo‘g‘an Berlindagi o‘yinga borish uchun turk davlatlari rahbarlarining Ozarbayjonning Shusha shahrida bo‘lib o‘tgan norasmiy uchrashuvini bekor qildi.

Turkiya yetakchisi mamlakat terma jamoasi himoyachisi Merix Demiral bilan bog‘liq mojarodan so‘ng Germaniyaga borib, futbolchilarning ruhiy holatini yaxshilashga harakat qilishga qaror qildi.

Erdo‘g‘anga har doimgidek Germaniya safarida rafiqasi Emine Erdo‘g‘an va uning ikki maslahatchisi hamrohlik qildi. Turkiya prezidentini aeroportda Turkiya sport vaziri Usmon Ashkin Pak, Turkiya elchisi va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.