Qozog‘istonlik bokschi Bahodir Jalolovni mag‘lub etish yo‘lini aytdi.
1996-yilgi Atlanta Olimpiadasi chempioni Vasiliy Jirov Qamshibek Kunkaboevning Bahodir Jalolovni mag‘lub etish uchun imkoniyatlari qanday ekanligi va O‘zbekiston vakilini mag‘lub etish uchun qozog‘istonlik bokschi nima qilishi kerakligi haqida “Sports.kz” nashriga bergan intervyusida aytib o‘tdi.
“Qamshibekda Jalolovni yengish imkoniyati bor. Agar u jangga yaxshi tayyorlansa va jang oldidan Bahodirni vizual tarzda mag‘lub eta olsa, shunday bo‘ladi. U g‘alabani tasavvur qilishi va o‘ziga ishonishi kerak”, dedi qozog‘istonlik mashhur sportchi.
Ma’lumot uchun, Olimpiadadagi oltindan tashqari, bokschi ikki karra jahon chempionati sovrindori, Osiyo chempioni va sovrindori, havaskorlar o‘rtasida Osiyo o‘yinlari sovrindori, professional boks bo‘yicha IBF yo‘nalishida jahon chempioni hisoblanadi. U professional boksning asosiy yo‘nalishlaridan birida chempionlik unvonini qo‘lga kiritgan birinchi qozoq bokschisi hamdir.
Eslatib o‘tamiz, Parij Olimpiadasida boks bo‘yicha bahslar 27-iyuldan 10-avgustga qadar bo‘lib o‘tadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!