Jamiyat, Jinoyat

Toshkent xalqaro aeroportida 40 ta iPhone va tillalarni yashirib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Toshkent xalqaro aeroportida 40 ta iPhone va tillalarni yashirib o‘tishga uringan shaxs ushlandi

Kecha, 7-avgust kuni soat taxminan 19:40 atrofida “Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti” chegara-bojxona posti xodimlari tomonidan “Dubay-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha uchib kelgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarosining yo‘l sumkalari tegishli tartibda tekshirilgan. Bu haqda “Toshkent-Aero” IBK Axborot xizmati xabar qildi.

Yuklar ichida bojxona nazoratiga belgilangan tartibda taqdim etilmagan jami 40 dona o‘z ishlab chiqarish qadog‘iga va aksessuarlariga ega bo‘lgan iPhone 15 pro max, iPhone 15 pro, iPhone 15 plus hamda Iphone 11  rusumli uyali aloqa vositalari, shuningdek,  171.57 gramm sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari aniqlandi.

Hozirda holat yuzasidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.