Jamiyat

Toshkentda yo‘qolgan 12 yoshli qiz topildi

Toshkentda yo‘qolgan 12 yoshli qiz topildi

Toshkentda bedarak yo‘qolgan 12 yoshli qiz Chilonzor tumanida bir yigit bilan topildi.

Toshkentda 12 yoshli qiz bedarak yo‘qolgani haqida xabar berilgan edi. O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv otryadi Instagram sahifasida qiz topilganini ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, Veretennik Lyubov 2024-yil 5-avgust kuni soat 20:30 da uydan chiqib ketib, qaytib kelmagan.

7-avgust kuni Tatyana ismli ayol Chilonzor tumanida qizni bir yigit bilan yurganini ko‘rgan. Bu haqda ayol UzAlert guruhiga xabar bergan.

Shundan so‘ng, qiz sog‘lom holda topilib, O‘zbekiston qidiruv-qutqaruv otryadi tomonidan oila-a’zolariga topshirilgan.