Jamiyat

Jizzaxda shifoxonada janjal ko‘targan shaxslar qamaldi

Jizzaxda shifoxonada janjal ko‘targan shaxslar qamaldi

Ma’lum qilinishicha, Jizzaxdagi shifoxonalardan biriga tungi soat 23:40 atrofida bemor olib kelingan. Natijada bemorning oldiga uning 3ta tanishi, akalari ko’rishga keladi. Biroq o‘sha vaqtda jarrohlik amaliyoti o‘tkazilayotgani sabab hamshira ularga hozir bemor bilan ko‘risha olmasligini aytgan.

Natijada bu aka-ukalarning jahli chiqib, janjal ko‘tara boshlaydi. Huquqbuzarlardan biri hamshiralarni haqorat qilib, qabul bo‘limidagi shisha to‘siq, kompyuter ekrani va eshik oynasini sindirgan. Bundan tashqari, janjalga aralashgan bir fuqaroga tan jarohati yetkazilgan.

Shuningdek, aka- ukalar Ichki ishlar xodimlariga ham qarshilik ko‘rsatishga uringan.

Surishtiruvlar davomida shifoxonaga tan jarohatlari bilan keltirilgan bemor o‘ziga o‘zi pichoq bilan jarohat yetkazgani ma’lum bo‘lgan.

«Bu ishlarni mastlik ta’sirida qildim. Hushyor holatga kelganimdan so‘ng hamma zararlarni qopladim. Hamshiralarning hammasidan uzr so‘rab chiqdim»,- deydi huquqbuzarlardan biri.

Huquqbuzarlarga MJtKning tegishli moddalari tartibida hujjatlar rasmiylashtirilib, JIB Jizzax shahar tumani sudiga yuborilgan.

Sud hukmiga ko‘ra, 3 nafar aka-ukaning 2 nafariga 15 kun muddatga ma’muriy qamoq, bir nafariga BHMning 12 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.