Uni bir necha oy oldin politsiya xodimlari tashlab ketgan.
Moskva viloyatida Oʻzbekistondan kelgan migrantni oʻrmonda unutib qoldirgan ikki politsiyachi sudlanadi. Erkakning jasadi bir necha oydan keyin topildi, deb xabar berdi Mash.
Shu yil may oyida huquq-tartibot idoralari xodimlari 45 yoshli migrantni mast holda qoʻlga olib, Dubrovo va Zagryajskaya qishloqlari orasidagi oʻrmonga “oʻziga kelishi uchun” tashlab ketishgan. Taʼkidlanishicha, ular migrantni olib ketish uchun qaytib kelishmagan, oqibatda u oʻrmonda adashib qolgan.
Shundan soʻng, Oʻzbekiston fuqarosining yaqinlari uni qidiruvga bergan. Uning qoldiqlari faqat sentyabr oyida topilgan – uni hayvonlar yeb ketgan.
Jabrlanuvchini oxirgi boʻlib koʻrgan kichik leytenant va katta serjant qoʻlga olingan. Politsiya xodimlari ishdan boʻshatilgani va vakolatlarini suiisteʼmol qilgani uchun sudga tortilishni rejalashtirilgani taʼkidlanmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!