Jamiyat

Bugun O‘zbekistonga Rossiya Bosh vaziri keladi

Bugun O‘zbekistonga Rossiya Bosh vaziri keladi

9-  sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekistonga keladi. Bu haqda O‘zbekiston Bosh vazirining matbuot kotibi Bekzod Hidoyatov ma’lum qildi.

«Joriy yilning 9-10 sentyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi hukumati raisi Mixail Mishustin O‘zbekiston Respublikasiga rasmiy tashrif bilan keladi», deydi u.

Bildirilishicha, tashrif dasturidan O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hukumat rahbarlari darajasidagi qo‘shma komissiyaning navbatdagi majlisini o‘tkazish, Toshkent shahridagi ishlab chiqarish va sanoat korxonalari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda boshqa ob’ektlarga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.