Toshkentda ayol farzandlari uchun sobiq eriga qariyb 2 mlrd soʻm aliment toʻlab berdi.
Toshkent viloyatida aliment toʻlash bilan bogʻliq rekord qayd etildi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Bugun.uzʻga xabar berdi.
Toshkent tumanida ayol 3, 4 va 6 yoshli farzandlari taʼminoti uchun 18 yoshgacha boʻlgan aliment qarzdorligini toʻlash istagini bildirgan. Boisi ayol davolanish uchun chet elga chiqishi kerak boʻlgan. Alimentdan qarzdorligi va shu sababli MIB taqiqi boʻlgani uchun ayol davolanishga keta olmayotgan boʻlgan.
Uch nafar farzand uchun 2039 yilgacha aliment toʻlovi 1 mlrd 748 mln 902 soʻm etib hisoblangan va ushbu summa undiruvchiga topshirilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!