SNN xabariga ko’ra, shamol tezligi soatiga 200 km dan oshmoqda. Poweroutage.us monitoring xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, Florida bo‘ylab 1,1 milliondan ortiq aholi elektr ta’minotisiz qolgan.
“Dovul Florida joylashgan Meksika ko‘rfazining katta qismiga kuchli bo‘ron keltirdi. Tampa, Sankt-Peterburg, Sarasota va Fort Mayers shaharlarida suv toshqini haqida ogohlantirish berilmoqda”, deb yozgan “ABC News”.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Florida shtatidagi Sent-Lyusiya okrugi sherifi sonini aytmagan holda bir nechta o‘lim holatlari haqida xabar bergan. “ABC News”ning yozishicha, Marin okrugida bo‘ron Port Salernoga katta zarar yetkazgan. Mahalliy yong‘in xavfsizligi xizmatining ma’lum qilishicha, o‘nlab uylar zarar ko‘rgan.
“Milton” dovuli 2005-yildan beri Meksika ko‘rfazida sodir bo‘lgan eng yirik dovuldir. AQSH Federal favqulodda vaziyatlar agentligiga ko‘ra, majburiy yoki tavsiya qilingan evakuatsiya haqidagi xabarlar 5,5 milliondan ortiq kishiga yuborilgan. Bu esa Florida tarixidagi eng katta evakuatsiya hisoblanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!