Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov 1-yanvardan gazlashmagan hovlilarga elektr energiyasi uchun 50 foiz chegirma berilishi rejalashtirilayotganini aytgandi. Hozirda mazkur qaror loyihasi tayyorlanib, huquqiy ekspertiza uchun yuborilgan.
Qayd etilishicha, loyiha ayni paytda huquqiy ekspertiza uchun tegishli tashkilotga yuborilgan.
Bu yangilik haqida bundan bir oy oldin energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov “Lolazor” podkastidagi chiqishida aytib o‘tgandi. U gazlashtirilmagan hovlilar uchun ham elektr energiya tariflariga 50 foizlik chegirma berish bo‘yicha topshiriq bo‘lganini ta’kidlagan.
“Ayni paytda ko‘p qavatli uylar uchun [gazlashtirilmagan] elektr energiyasiga 50 foiz chegirma amal qiladi. Biz gazlashmagan hovlili xonadonlarga nisbatan ham buni qo‘llash bo‘yicha topshiriq olganmiz. Chegirma ularga ham 50 foiz bo‘ladi. Bu bo‘yicha tegishli vazirliklar bilan ishlayapmiz. Shuningdek, sanoat korxonalariga ham yuklamaga qarab oshiruvchi va kamaytiruvchi koeffitsiyentlar qo‘llash rejalashtirilyapti”, – degandi vazir.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!