Jahon

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi

Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni va Ozarboyjonga boradi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 11-13-noyabr kunlari xalqaro sammitlarda ishtirok etish uchun amaliy tashrif bilan Saudiya Arabistoni va Ozarboyjon Respublikasida bo‘ladi.

Ikki muqaddas masjid xodimi – Saudiya Arabistoni Podshohi Salmon ibn Abdulaziz Ol Saudning taklifiga binoan davlatimiz rahbari 11-noyabr kuni G‘azo va Livandagi vaziyatning keskinlashuvi hamda Yaqin Sharqdagi mojaroga tez fursatda yechim topish choralarini ishlab chiqishga bag‘ishlangan navbatdan tashqari Arab-islom sammitida ishtirok etadi.

12-13-noyabr kunlari O‘zbekiston yetakchisi Ozarboyjon Respublikasi prezidenti Ilhom Aliyevning taklifiga ko‘ra BMTning Iqlim o‘zgarishi bo‘yicha hadli konvensiyasi Tomonlari konferensiyasining 29-sessiyasi (COP29) tadbirlarida qatnashadi.

O‘zbekiston prezidenti mazkur sammitlarda nutq so‘zlashi, shuningdek, xorijiy davlatlar va xalqaro tashkilotlar rahbarlari bilan bir qator uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.