«Yevropa hali ham Rossiya Federatsiyasidan katta hajmdagi suyultirilgan tabiiy gazni sotib oladi. Nega uni biz uchun arzonroq va energiya manbalarimiz narxini pasaytiradigan Amerikaning gazi bilan almashtirmasligimiz kerak», – deya fikr bildirdi Ursula fon der Lyayen.
Yevrokomissiya rahbari jurnalistlar bilan suhbatda Bryussel va Vashington o‘rtasidagi «umumiy manfaatlar» atrofida hamkorlik muhimligini alohida taʼkidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, AQSH prezidenti lavozimiga qayta saylangan Donald Tramp bilan telefon orqali suhbatda ushbu mavzuga to‘xtalgan.
«Qo‘shma Shtatlardan suyultirilgan tabiiy gaz yetkazib berishni kengaytirish masalasini Yevropa Ittifoqining AQSH bilan savdoda munosabatlari bilan bog‘lab ham muhokama qilish mumkin», — deya taʼkidladi Lyayen.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!