Jahon

Yana bir Afrika davlati Fransiya bilan harbiy hamkorlikni bekor qildi

Yana bir Afrika davlati Fransiya bilan harbiy hamkorlikni bekor qildi

Chad hukumati Fransiya bilan 2019-yilda yangilangan xavfsizlik va mudofaa sanoati sohasida hamkorlik shartnomasini bekor qilganini maʼlum qildi. Chad Tashqi ishlar vazirligi tomonidan qilingan yozma bayonotda kelishuvni bekor qilish qarori milliy va xalqaro jamoatchilikka maʼlum qilingani bildirildi.

Bayonotda ushbu qaror Chadning 66 yillik mustaqillikdan so‘ng to‘liq suverenitetini eʼlon qilish va strategik sheriklik munosabatlarini milliy ustuvorliklarga muvofiq qayta belgilash jarayonining bir qismi ekanligi taʼkidlandi. Unda qayd etilishicha, Chad hukumati kelishuvni bekor qilish jarayonida belgilangan shartlarga rioya qiladi va Fransiya hukumati bilan uyg‘un o‘tishni taʼminlash uchun hamkorlik qiladi.

Chadning mazkur qarori ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlarga taʼsir qilmasligi, Fransiya bilan umumiy manfaatlarga ega bo‘lgan boshqa sohalarda konstruktiv hamkorlikni davom ettirishga qatʼiyligi taʼkidlandi. Hukumat, shuningdek, Fransiyaga kelishuv doirasida hozirgacha ko‘rsatgan yordami uchun minnatdorchilik bildirdi.

Eʼtiborlisi, ushbu qaror Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noyel Barrotning Chad prezidenti Muhammad Idris Debi Itno bilan uchrashuvidan bir kun o‘tib qabul qilindi.