Jamiyat

Abdulaziz Komilovga Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni berildi

Abdulaziz Komilovga Turkmanistonning «Hurmatli el yoshullisi» unvoni berildi

Turkmaniston Davlat axborot agentligi (TDH) xabariga ko‘ra, Abdulaziz Komilovga «Hurmatli el yoshullisi» («Hormatly il ýaşulusy») unvoni topshirildi. Ushbu unvon Turkmaniston va O‘zbekiston o‘rtasidagi do‘stlik munosabatlarini rivojlantirishga qo‘shilgan salmoqli hissani e’tirof etish maqsadida taqdim etilgan.

Prezident farmonida Abdulaziz Komilovning milliy an’analarni rivojlantirish, yosh avlodni tarbiyalash, siyosiy, iqtisodiy, ilmiy va madaniy sohalardagi hamkorlikni kengaytirishdagi xizmatlari alohida ta’kidlangan. Bundan tashqari, Komilov shoir Maxtumquli Firog‘iy tavalludining 300 yilligi munosabati bilan «Maxtumquli Firog‘iyning 300 yilligi» yubiley medali va yodgorlik belgilari bilan ham mukofotlandi.

Abdulaziz Komilovning faoliyati O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlikka asoslangan aloqalarni mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. U uzoq yillar davomida ikki mamlakat o‘rtasidagi diplomatik hamkorlikni mustahkamlashda yetakchi rol o‘ynab kelmoqda.

Bu mukofot ikki davlat o‘rtasidagi aloqalarning yuqori darajada ekanini yana bir bor tasdiqlaydi va O‘zbekiston hamda Turkmanistonning do‘stona munosabatlari yanada rivojlanishiga xizmat qiladi.