Kuni kecha Tel-Avivdagi 13-kanal Isroil meros vaziri Amixay Eliyaxu G‘azo sektorini to‘liq bosib olish va unda aholi punktlarini qurishga chaqirganini xabar qildi.
Suriyadagi voqealar fonida sionist rejim armiyasi Al Qunaytraga kirib bordi.
“SANA” axborot agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, Isroil tanklari janubdan va Livan chegaralari yaqinidan Damashq viloyati chegaralarigacha yetib borgan.
Bundan tashqari, Damashq, Homs, Xama va Raqqa atrofidagi boshqa pozitsiyalar ham bombardimon qilinmoqda.
“The Times of Israel” nashri Suriyadagi 300 ta harbiy ob’ekt nishonga olinganini yozib chiqdi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!