Talab oshishi natijasida navbatlarga sabab bo‘layotgan AI-80-markali avtobenzinni sotuvga chiqarmasdan o‘zida saqlab turgan AYoQShlarga chora ko‘rildi.
Ayni kunlarda hududlarda AI-80-markali avtobenzinga talab oshishi natijasida ko‘plab AYoQShlarda navbatlar ko‘paygan.
Mazkur holatlar yuzasidan Vazirlar Mahkamasi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan neft mahsulotlarini yetkazib berish va ularning sotuvga chiqarilishi yuzasidan AYoQShlarda nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.
Xususan, Andijon viloyatidagi “N.P.”, “N.O.”, “L.G.”, “S.O.” va “Sh.A.O.” MChJlarga qarashli avtomobillarga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida birja savdolarida xarid qilingan AI-80-markali avtobenzin hech qanday sabablarsiz sotuvga chiqarmasdan saqlab turish hamda faoliyat ko‘rsatmayotgan shoxobchalarga yo‘naltirish kabi holatlar aniqlandi.
Mazkur holatlar yuzasidan qoidabuzarlikka yo‘l qo‘ygan ushbu AYoQShlar birja savdolarida ishtirok etishi vaqtincha to‘xtatildi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!