O‘zbekiston «aql markazlari» vakillari Afg‘oniston bo‘yicha xalqaro konferensiyada ishtirok etmoqda
Pokistonning poytaxti Islomobod shahrida Afg‘onistonga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya ish boshladi. Uch kun davom etadigan anjuman 20-yanvardan 22-yanvargacha bo‘lib o‘tadi.
Konferensiyaning tashkilotchilari — Pokiston Tadqiqot va xavfsizlik markazi, Yevropa Ittifoqi hamda Afg‘oniston Iqtisodiy tadqiqotlar va tinchlik tashkiloti.
O‘zbekistondan «Markaziy Osiyo taraqqiyot va integratsiya forumi» nodavlat notijorat tashkiloti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoshidagi Xalqaro tadqiqotlar markazi vakillari ishtirok etmoqda.
Afgonistonda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash, inson huquqlarini himoya qilish va iqlim o‘zgarishlarining oqibatlarini yumshatish, «TAPI» va «CASA-1000» loyihalarini amalga oshirish, mamlakat iqtisodiyotini jonlantirish va Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.
Konferensiya doirasida Pokiston rasmiylari bilan uchrashuvlar ham ko‘zda tutilgan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!