Fransiya Suriyaning hokimiyatdan ag‘darilgan prezidenti Bashar Asadni hibsga olishga order berdi. Bu haqda “Anadolu» agentligi xabar berdi.
Suriyaning sobiq rahbari urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlar, qotilliklarga sheriklikda va armiya tomonidan tinch aholiga qarshi qasddan hujum uyushtirganlikda ayblanmoqda.
“Fransiya adliya tizimi Bashar Asadni hibsga olishga order berdi. Sednaya qamoqxonasida men guvoh bo‘lgan rejim jinoyatlari jazosiz qolmasligi kerak. Fransiya suriyaliklar uchun adolatga erishish uchun saʼy-harakatlarini safarbar qilmoqda”, – dedi Fransiya tashqi ishlar vaziri Jan-Noyel Barrot.
Barro va uning nemis hamkasbi Annalena Bayerbok 2025-yil 3-yanvarda Suriyaga tashrifi chog‘ida Sednaya qamoqxonasiga tashrif buyurishgandi.
Prokuror ushbu orderni 2017-yilda Suriyada asli suriyalik bo‘lgan Fransiya fuqarosining o‘ldirilishi bo‘yicha tergov doirasida so‘ragan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!