Jahon, Jamiyat

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy sohada sheriklik dasturi imzolandi

Oʻzbekiston va Rossiya oʻrtasida harbiy sohada sheriklik dasturi imzolandi

Dastur 2026-2030 yillarga moʻljallangan. 

Rossiya va Oʻzbekiston harbiy sohada 2026-2030 yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturini imzoladilar.

22-yanvar kuni Toshkentda Rossiya va Oʻzbekiston mudofaa vazirliklari oʻrtasida 2025 -yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi va ikki davlat oʻrtasida harbiy sohada 2026-2030-yillarga moʻljallangan strategik sheriklik dasturi imzolandi.

Hujjatlarni Rossiya mudofaa vaziri Andrey Belousov va Oʻzbekiston tomonidan vazir Shuhrat Xolmuhamedov imzoladi.

Ikki davlat mudofaa vazirliklari oʻrtasidagi 2025- yilga moʻljallangan hamkorlik rejasi ikki davlat harbiy idoralari faoliyatining barcha yoʻnalishlari boʻyicha 50 ta qoʻshma tadbirni oʻz ichiga oladi.