Qayd etilishicha, uchrashuvda bank ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirish, ularning joriy holati va kelgusi chora-tadbirlar muhokama qilingan. Shuningdek, O‘zbekistonda transport infratuzilmasi va ta’lim sohasidagi loyihalarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Muzokaralar natijasida qator hujjatlar imzolandi. Unga ko‘ra, Sirdaryo viloyatining Oqoltin, Mirzaobod va Sardoba tumanlarida 37 km. avtomobil yo‘llari rekonstruksiya qilinadi. Shuningdek, “SmartED” ta’lim loyihasi doirasida 58 ta umumiy o‘rta ta’lim maktabi inklyuziv ta’lim talablariga mos holda barpo etiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!