AQSh Grenlandiyani qo`shib olish xarajatlarini hisoblamoqda
Grenlandiya oroli Qo`shma Shtatlar tarkibiga qo`shilgan taqdirda, uni ta’minlash xarajatlari qanchaga tushishi hisoblab chiqildi.
So`nggi haftalarda Oq uy amaldorlari Grenlandiyaning 57 ming aholisiga davlat xizmatlarini ko`rsatish qiymatini hisoblamoqda. Byudjet boshqarmasi xodimlari ehtimoliy xarajatlarni va orolning tabiiy resurslaridan olinishi mumkin bo`lgan daromadni ham inobatga olmoqda.
Oq uyning ko`rib chiqilayotgan variantlaridan biri Grenlandiya hukumatiga Kopengagen bilan hozirgi kelishuvdan ko`ra manfaatliroq bitim taklif etishdir. Hozirda Daniya orolni moliyalashtirish uchun taxminan 600 million dollar ajratmoqda. Amerikalik amaldorlardan biri AQSh bundan ancha ko`proq mablag` taklif qilishga tayyorligini aytdi.
Ma’lumot uchun, Grenlandiya — Shimoliy Muz va Atlantika okeanlari oralig`ida joylashgan dunyodagi eng katta orol. Deyarli 300 yil davomida u Daniya nazorati ostida bo`lib, keng avtonomiyaga ega. Orol aholisi taxminan 57 ming kishini tashkil qiladi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!