Isroil tomonidan G‘azo shahrining sharqida joylashgan ko‘chirilgan odamlar panoh topgan maktabga uyushtirilgan hujum oqibatida kamida 25 kishi halok bo‘ldi, 100 nafari jarohat oldi. Bu haqda “Al-Aqsa” telekanali xabar berdi.
“Isroil tomonidan uyushtirilgan otishma oqibatida At-Tufah tumanida joylashgan Dar al-Arqam maktabida boshpana topgan 25 kishi halok bo‘ldi, 100 nafari jarohatlandi”, deyiladi telekanal xabarida.
G‘azo sektori Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yil 18 martdan buyon Falastin anklavida halok bo‘lganlarning soni 1,1 ming kishidan oshgan, jarohat olganlar esa 2,7 ming nafardan ko‘proqni tashkil etmoqda.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!