«Manchester Siti» ning O‘zbekistonlik markaziy himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini «Barselona» da davom ettirishi mumkin. Bu haqda Carpetasfcb xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, Kataloniya klubi yozda himoya chizig‘ini kuchaytirmoqchi. «Barsa» sport direktori Dekuning fikricha, Husanov klubning kelajakdagi loyihasiga juda mos keladi. O‘zbekistonlik himoyachi jamoaning himoyasini mustahkamlashi mumkinligi aytilmoqda.
«Manchester Siti» ushbu taklifga qanday munosabat bildiradi, hozircha noma’lum. «Barselona» sotib olish sharti bilan uni ijaraga olish variantini taklif qilishni rejalashtirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Abduqodir Husanov yanvarda «Manchester Siti» safiga kelib qo‘shildi. U «Shaharliklar» safida 9 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 gol muallifiga aylangan.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!