8-oktyabrdan 20-oktyabrgacha Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek va Yashnobod tumanlaridagi ayrim yo‘llarda transport vositalari harakati vaqtincha to‘xtatiladi. Bu haqda poytaxt Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, Yangi O‘zbekiston ko‘chasining Ohangaron shossesidan D012 avtomobil yo‘ligigacha bo‘lgan qismi, shuningdek, Jasorat va Do‘stlik ko‘chalari bo‘ylab ta’mirlash ishlari olib boriladi. Mazkur yo‘llarning yuqori qatlamiga PSHMA-20 turidagi asfalt-beton qoplamasi yotqizilishi rejalashtirilgan.
Mazkur yo‘llarda avtomobil harakati 8-oktyabrdan 20-oktyabrgacha cheklangan bo‘ladi. Poytaxt IIBB haydovchilardan vaqtincha noqulayliklarga tushuncha bilan yondashishni so‘radi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!