O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi huzuridagi Turizm qo‘mitasi ko‘magida 2025-yil 21–23-oktyabr kunlari Toshkent shahrida “HORECA EXPO UZBEKISTAN 2025” xalqaro ko‘rgazmasi o‘tkaziladi.
Mazkur tadbir mamlakatning turizm infratuzilmasini rivojlantirish, mehmondo‘stlik standartlarini oshirish hamda O‘zbekistonni jahon turizm bozorida ilgari surishga xizmat qiladi.
Ko‘rgazma mehmonxona va restoran biznesi vakillari, yetkazib beruvchilar, investorlar va ta’lim markazlarini bir joyga jamlaydi. Ishtirokchilar innovatsion texnologiyalar, zamonaviy uskunalar, mebellar, to‘qimachilik mahsulotlari hamda axborot texnologiyalari sohasidagi yangi yechimlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladilar.
Shuningdek, ko‘rgazma doirasida turizm rivojlanishining dolzarb tendensiyalari muhokama qilinadi, xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish borasida tajriba almashish uchun imkoniyat yaratiladi.
Tadbir O‘zbekiston Otelyerlar uyushmasi tomonidan tashkil etilmoqda. Dastur doirasida B2B uchrashuvlari, panel sessiyalari, mahorat darslari va Gastro-Forum 2025 o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Ushbu ko‘rgazma mamlakatda turizm va mehmondo‘stlik sohasini rivojlantirish uchun yangi professional muloqot maydoniga aylanadi.
Sizda shikoyat, taklif yoki murojaat bormi? Bizga @demokratuz_aloqabot orqali murojaat qiling!