Madaniyat

“Euronews” telekanali Navoiy viloyatining turizm imkoniyatlarini namoyish etdi

“Euronews” telekanali Navoiy viloyatining turizm imkoniyatlarini namoyish etdi

Yevropaning eng nufuzli axborot platformalaridan biri — “Euronews” xalqaro telekanalida O‘zbekistonning Navoiy viloyati turizm salohiyatiga bag‘ishlangan maxsus lavha efirga uzatildi.

Loyiha Turizm qo‘mitasi hamda Navoiy viloyati hokimligi hamkorligida amalga oshirildi.

Mazkur lavhada viloyatning boy tabiiy manzaralari, qadimiy tarixiy obidalari, shuningdek, ekologik, ziyorat va sarguzasht turizmi yo‘nalishlaridagi keng imkoniyatlari yoritildi.

Material orqali xalqaro tomoshabinlar Navoiy viloyatining o‘ziga xos diqqatga sazovor maskanlari — “Chashma” tarixiy-me’moriy majmuasi, Ark qal’asi, Nurota kashtachiligi, mahalliy hunarmandchilik namunalari, petrogliflar, shuningdek, Aydarko‘l qirg‘oqlaridagi ekoturistik obyektlar va o‘tovli majmualar bilan yaqindan tanishdilar.

Telekanalda namoyish etilgan ushbu lavha Navoiy viloyatining turizm salohiyatini yanada keng targ‘ib etish, xorijiy sayyohlar e’tiborini jalb qilish va hududning investitsion jozibadorligini oshirishga xizmat qiladi.